Rasman! "Tottenxem" qishki transferlar davridagi ilk xaridini amalga oshirdi
Londonning “Tottenxem” klubi “Benfika” yarim himoyachisi Jedson Fernandeshni tarkibga qo‘shib oldi.
Klub rasmiy sayti tarqatgan xabarga ko‘ra “shporlar” 21 yoshli futbolchini keyinchalik 65 mln evro evaziga sotib olish huquqi bilan 1,5 yilga ijaraga olishgan.
Ta’kidlash kerakki, “Tottenxem” Jedson uchun kurashda “Vest Xem”, “Vulverxempton”, “Chelsi” va “Manchester Yunayted” klublarini ortda qoldirishga erishdi.
Ma’lumot uchun, Jedson joriy mavsum Portugaliya chempionatida 7 ta o‘yinda maydonga tushdi xolos.

Fikrlar