Rasman! Turg‘unboev va Hakimov "Navbahor" bilan shartnoma imzoladi
Ushbu o‘quv-mashg‘ulot yig‘ini doirasida namanganliklar tarkibida bir qator futbolchilar ko‘rikda bo‘lib turishibdi. Murabbiylar shtabida yaxshi taassurot qoldirgan o‘yinchilar bilan esa shartnoma imzolanmoqda.
Klub rasmiy sayti tarqatgan xabarga ko‘ra, kuni kecha 2 nafar futbolchi “lochinlar” bilan kelishuvga erishib, shartnomaga imzo chekkan. Bular – yarim himoyachi Azizbek Turg‘unboev va hujumchi Sherzod Hakimovlardir.
Azizbek joriy yilning fevralida 2ta klub (“Navbahor” hamda “Paxtakor”) bilan shartnoma imzolangani bois, O‘FA tomonidan 9 iyulgacha futbolga oid har qanday faoliyatdan chetlatilgandi.
Diskvalifikatsiya muddati yakunlanganidan so‘ng, mahoratli yarim himoyachi namanganliklarning Toshkentdagi yig‘iniga qo‘shildi va faoliyatini yana qadrdon jamoasida davom ettiradigan bo‘ldi.
Sherzod Hakimov esa joriy mavsumning 1-davrasini Termizning “Surxon” jamoasida o‘tkazib. 12ta bahsda maydonga tushib, 3ta gol urgan.



Fikrlar
АФСУС ......
Бунака чала хабар бергандан умуман матбуотта чикиш килмаган ма'кул.