Rasman! Ueyn Runi futbolchilik faoliyatini yakunladi va "Derbi Kaunti" bosh murabbiyi etib tayinlandi

  • 15 yanvar, 2021, 19:00
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Angliyalik mashhur hujumchi Ueyn Runi o‘zi faoliyat yuritayotgan “Derbi Kaunti” jamoasiga bosh murabbiy etib tayinlandi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar bermoqda.

35 yoshli mutaxassis jamoa bilan 2023 yilning yozigacha shartnoma imzoladi.

Ma’lumot uchun, Runi 2020 yilning noyabridan buyon “Derbi Kaunti”da bosh murabbiy vazifasini bajaruvchi sifatida ishlab kelayotgan edi. Uning qo‘l ostida jamoa 9 ta o‘yin o‘tkazdi va ularda 3 ta g‘alaba va 4 ta durang qayd etdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!