Rasman! "UFC 251" translyatsiyasi UZREPORT-TV tomonidan namoyish etiladi

  • 7 iyul, 2020, 16:44
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 1
  • MMA
CHERY AUTO

Xabaringiz bor, BAAning Yas orolida "UFC 251" turniri start oladi. Ushbu turnirdan uchta bir-biridan ajoyib chempionlik janglari o‘rin olgan.

Tecno

Markaziy to‘qnashuv yarim o‘rta vazn chempioni Kamaru Usman va BMF kamari sohibi Xorxe Masvidal o‘rtasida bo‘lsa, Maks Xollouey - Aleks Volkanovski hamda Joze Aldo - Pyotr Yan qarama-qarshiligi ham shiddatli kechishi kutilmoqda.

Shuningdek, Rouz Namayunas - Jessika Andrade va yana bir qator janglarni guvohiga aylanamiz. Biz uchun quvonarli jihati, ushbu jang kechasi UZREPORT-TV tomonidan jonli efirda namoyish etiladi. Bu borada taniqli sharhlovchi Davron Fayziev o‘z Telegram kanalida ma’lum qildi. Demak, 12 iyul erta tongdan ushbu jang kechasini bevosita UZREPORT-TV orqali tomosha qilishingiz mumkin. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
ABROR Tursunov
08/07/2020 09:24
Узрепорда соат нечида бошланади