
Rasman! Vidal "Inter"ga o‘tdi
"Inter" o‘zining rasmiy saytida "Barselona" xavbeki Arturo Vidalning transferini e’lon qildi.
Ammo “neradzurrilar” 33 yoshli chililik futbolchi bilan shartnoma shartlarini oshkor qilmayapti. Norasmiy xabarlarga ko‘ra, “Inter” Vidalni 1 mln evroga sotib olgan va u bilan “2+1” ko‘rinishida bitim imzolagan.
Vidal “Barselona” safida 2018 yilning yozidan buyon 96 ta o‘yinda maydonga tushdi va 11 ta gol hamda 10 ta golli uzatma yozdirib qo‘ydi.
Fikrlar