
Rasman! Vitor Roke qishda "Barselona" tarkibiga kelib qo‘shiladi
Rasman "Barselona" transfer huquqini 40 million evroga sotib olgan Vitor Roke qishki transferlar oynasida kataloniyaliklar safiga kelib qo‘shiladi. Bu haqda "Atletiko Paranaense" klubi ma’lum qildi.
"Atletiko Paranaense"ni oldinda chempionat doirasida "Santos"ga qarshi uchrashuv kutib turibdi. Bu bahs hujumchi uchun jamoasi tarkibidagi so‘nggi o‘yin bo‘ladi.
"Barselona" Vitorni yozgi transferlar oynasining o‘zidayoq Ispaniyaga olib kelishga harakat qildi, lekin Braziliyaliklar uni qo‘yib yubormagandi.
Fikrlar