Rasman! WBA tashkiloti Murodjon Ahmadalievning navbatdagi himoya jangiga buyruq berdi. Raqib ham aniq…

  • 8 aprel, 2021, 10:34
  • 3
  • Boks

Professional boksning birinchi yarim engil vazn toifasida (55,2 kg) WBA va IBF jahon chempioni Murodjon Ahmadaliev o‘zining navbatdagi jangini WBA yo‘nalishida majburiy da’vogar Ronni Riosga qarshi o‘tkazishi kerak. WBA tashkiloti jangga buyruq berdi va tomonlarning muzokaralar olib borishi uchun 30 kun muddat belgiladi.

Murodjon Ahmadaliev (9-0, 7 KO) 3 aprel kuni Toshkentda o‘tkazilgan boks oqshomida IBF kamarini majburiy da’vogar yaponiyalik Ryosuke Ivasadan himoya qilgan va 5-raundda texnik nokaut evaziga g‘alaba qozongan edi.

31 yoshli Amerikalik Ronni Rios (33-3, 16 KO) 2019 yil Diego De La Xoyyani muddatidan oldin mag‘lub etib, WBA Gold kamarini qo‘lga kiritgan. U o‘zining oxirgi jangini joriy yilning 12 fevralida o‘tkazib, Oskar Negretteni ochkolar hisobida enggan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Baxil Alihuja
08/04/2021 21:17
Жуда жиддий ракиб! Агарда Мурод ютса P4P да хам уринга эга булади.
Jalol Axmedov
08/04/2021 22:03
P4p haqida gapirish biroz erta.
Baxil Alihuja
10/04/2021 11:59
Айни вакти! 2та камари бор чемпионни p4p рейтингига хам кушилиши мумкин! Мурод хозирги вактда уз вазнида 4-уринда, Осиёда p4p рейтингида 13-уринда турибди. Уз вазнида 1-уринга кутарилса, Осиёда p4p рейтингида 5-6-уринга чикиб олади.