Rasman: Xabib Nurmagomedov va Toni Fergyuson jangi qoldirilmaydi

  • 22 mart, 2020, 14:40
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • MMA
CHERY AUTO

UFC promousheni engil vazn toifasidagi chempion Xabib Nurmagomedov va Toni Fergyuson o‘rtasidagi jang koronavirus tufayli bekor qilinmasligini rasman tasdiqladi.

Tecno

Rejalashtirilganidek, jang 18 aprel kuni UFC 249 da bo‘lib o‘tadi. Ayni paytda jangning faqat o‘tkazilish joyi noma’lum.

Dastlab, Nurmagomedov - Fergyuson jangi Nyu-Yorkda bo‘lib o‘tishi kerak edi. Ammo koronavirus pandemiyasi tufayli qoldirilgandi.

Shuningdek, jang Las-Vegasda bo‘lib o‘tishi kutilgandi. Biroq u erda ham Nevada rasmiylari musobaqani tashkil qilishni taqiqlab qo‘yishdi.

Bu UFC ning ushbu to‘qnashuvni tashkil etishdagi beshinchi urinishidir.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!