
Rasman! Xanchjou-2022 Osiyo va Paraosiyo o‘yinlari noma’lum muddatga qoldirildi
Joriy yilning kuzida Xanchjouda bo‘lib o‘tishi kerak bo‘lgan Osiyo va Paraosiyo o‘yinlari noma’lum muddatga qoldirildi. Bu haqda musobaqaning tashkiliy qo‘mitasi ma’lum qilgan, deya xabar bermoqda france24.
Musobaqaning kechiktirilishi bilan bog‘liq hech qanday sabab aytilmagan, ammo Xitoy koronavirus pandemiyaning dastlabki kunlaridan beri ushbu kasallikni bartaraf etish uchun jiddiy kurashmoqda.
Osiyo va Paraosiyo o‘yinlarinigg yangi sanalari “keyinroq e’lon qilinadi”, deyiladi xabarda.
Ma’lumot uchun, musobaqa mezboni hisoblangan Xanchjou Xitoyning eng yirik shahri - Shanxay yaqinida joylashgan. Shanxayda esa koronavirus bilan bog‘liq sabablar bilan yaqinda bir haftalik karantin joriy etilgan edi.
Aytish kerakki, tashkilotchilar joriy yil Pekinda bo‘lib o‘tgan qishki Olimpiya va Paralimpiya o‘yinlarining muvaffaqiyatli tajribasidan saboq olgan holda Osiyo va Paraosiyo o‘yinlarini ham ana shu reja asosida o‘tkazishni rejalashtirayotganliklarini ma’lum qilishgan edi.
Fikrlar