Rasman! "Yuventus" Bremer bilan shartnomani uzaytirdi

  • 27 dekabr, 2023, 23:12
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

Gleyson Bremer "Yuventus" bilan shartnomasini uzaytirdi. Bu haqda Turin klubi rasmiy sayti xabar bermoqda.

Bremerning "Yuventus" bilan yangi mehnat shartnomasi 2028 yilgacha mo‘ljallangan. Braziliyalik futbolchi 2022 yilning iyul oyidan buyon "keksa sinora"da harkat qilmoqda. Bu vaqt ichida u "zebralar" libosida barcha turnirlarda 60 ta o‘yin o‘tkazib, 6 ta gol urdi va bitta golli uzatmani amalga oshirdi.

Nufuzli "Transfermarkt" portali ma’lumotlariga ko‘ra, 26 yoshli markaziy himoyachining narxi 50 million evroni tashkil qiladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!