Rasman! Zlatko Dalich Xorvatiya terma jamoasi bilan shartnomani uzaytirdi

  • 23 iyul, 2020, 22:01
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Xorvatiya futbol ittifoqi terma jamoa bosh murabbiyi Zlatko Dalich bilan shartnomani uzaytirdi.

Tecno

Tashkilot rasmiy saytining xabar berishicha, 53 yoshli mutaxassis Xorvatiya terma jamoasini “JCh-2022” oxirigacha boshqaradi. Aytish kerakki, tomonlar o‘rtasidagi avvalgi shartnoma 2020 yilning 31 iyuliga qadar imzolangan edi.

Ma’lumot uchun, Zlatko Dalich Xorvatiya terma jamoasini 2017 yildan buyon boshqarib kelmoqda. Uning boshqaruvidagi jamoa “JCh-2018” kumush medallariga sazovor bo‘lgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!