Rasman!"Yuventus" A Seriyaning eng yaxshi himoyachisi bilan shartnoma imzoladi
“Yuventus” matbuot xizmati klub rasmiy sayti orqali braziliyalik himoyachi Torino Gleyson Bremerning transferi haqida ma’lum qildi.
Manbaga ko‘ra, transfer summasi 40 million evroni tashkil etdi va ushbu mablag‘ bonuslar hisobiga yana 7 millionga oshishi mumkin. Futbolchi turinliklar klubi bilan 2027 yilning yoziga qadar shartnoma imzolagan. Aytish kerakki, Bremer o‘tgan mavsum A Seriyaning eng yaxshi himoyachisi deb topilgan edi.
25 yoshli Bremer "Torino"da 2018 yildan buyon to‘p surib kelayotgan edi. U o‘tgan davr mobaynida ushbu jamoa safida jami 110 ta o‘yin o‘tkazib, 13 ta gol urgan va 5 ta golli uzatmani amalga oshirgan. U bundan avval "Atletiko Mineyro"da o‘ynagan.

Fikrlar