Rasmiy xabar! "Navbahor"ning ikkita uy o‘yini muxlislarsiz o‘tadi, "Paxtakor" esa jarima to‘laydi

  • 13 aprel, 2021, 11:13
  • 13
  • Futbol
CHERY AUTO

O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi Tartib-intizom qo‘mitasining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda Superliga 5-turi doirasidagi “Navbahor lochinlari” – “Paxtakor” uchrashuvida yuzaga kelgan tartibsizliklar masalasi ko‘rib chiqildi. Bu haqda tashkilot rasmiy sayti xabar tarqatdi.

Qo‘mitaga taqdim etilgan ma’lumotlar, dalillar hamda video-yozuvlar natijasida uchrashuv davomida har ikki jamoaning ayrim rasmiy shaxslari texnik zonani bir necha marotaba tark etib, bosh hakamga qo‘pol tarzda e’tiroz bildirgani, uchrashuvning 90-daqiqasida bosh hakam VAR monitoridan foydalanishi vaqtida uning ish faoliyatiga halal berilgani aniqlandi. Qolaversa, uchrashuvning so‘ngida “Navbahor” futbol klubi muxlislari uchrashuv rasmiy shaxslarini noma’qul so‘zlar bilan haqorat qilgani, shuningdek, ular tomonidan maydonga turli buyumlar uloqtirilgani, O‘zMTRKga tegishli ko‘chma televizion stantsiyaga hujum qilingani va unga jiddiy zarar etkazilgani ma’lum bo‘ldi.

Mavjud dalillar va ko‘rsatmalar atroflicha o‘rganib chiqilib, “Navbahor” – “Paxtakor” uchrashuvi vaqtida “Navbahor lochinlari” futbol klubi ishqibozlarini muxlislik madaniyatidan chetga chiqib, stadionga turli buyumlarni uloqtirgani, stadion va unga yondosh hududlarda tartibsizliklar keltirib chiqargani, jamoa rasmiy shaxslari tomonidan stadionda tartibsizliklar kelib chiqishiga sabab bo‘lgan nojo‘ya xatti-harakatlar sodir etilgani sababli O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi Intizom kodeksining 5.4, 5.9-bandlariga muvofiq “Navbahor lochinlari” futbol klubiga nisbatan navbatdagi ikkita uy uchrashuvini tomoshabinlarsiz o‘tkazish intizom chorasi qo‘llanildi.

Shuningdek, “Navbahor lochinlari” futbol klubi Texnik direktori Mustafo Bayramov, darvozabonlar murabbiyi Pavel Sinelnikov stadionda tartibsizliklar kelib chiqishiga sabab bo‘lgan nojo‘ya xatti-harakatlar sodir etgani, jamoa ma’muri Abdurauf G‘ulomov uchrashuv yakunida raqib jamoa futbolchilari maydonni tark etayotgan vaqtda noprofessional tarzda ularni juda qo‘pol so‘zlar bilan haqorat qilgani uchun ularga nisbatan futbol klubi tomonidan ichki intizom chorasini qo‘llash to‘g‘risida “Navbahor lochinlari” futbol klubiga yozma taqdimnoma kiritildi.

O‘z o‘rnida, uchrashuv vaqtida “Paxtakor” futbol klubi rasmiy shaxslari tomonidan texnik zonani bir necha bor tark etib, stadionda tartibsizliklar kelib chiqishiga sabab bo‘lgan nojo‘ya xatti-harakatlari sodir etilgani, jamoa rasmiylari va ayrim futbolchilari uchrashuv bosh hakamini bir necha marta noma’qul so‘zlar bilan haqorat qilgani uchun “Paxtakor” futbol klubiga nisbatan O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi Intizom kodeksining 5.4-bandiga muvofiq jarima intizom chorasi qo‘llanildi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Dilmurod Rustamov
13/04/2021 12:08
Haqponiy qaror boʻpti xakamchi xakam biror narsa bormi Jafar irismetov Pulimiz yoʻq Turunboyev ini kiriditka beringlar diyapturuvdi jarimani PFL pahtakorga oʻtkazib bersa Turgʻunboyev Qarzidan qutulardi Sohtakor
Uzbek Bek
14/04/2021 15:51
Superligada uzbek "el-klassikosi"ga asos solgan ham intriga kiritgan ham aynan Navbahor muxlislari emasmi? Ushbu qaror qabul qilish kimga foyda uzi yoki muxlissiz futbol kimga qiziq?
Uzbek Bek
14/04/2021 15:44
Superliga saviyasini belgilab beruvchi muxlislar yana balogardonmi? Uzi futbolimiz juda "muxlisbop"! Buni yuqoridagilar ham bilishadiyu negadir ular uchun uz fikrlari , qarorlari minglab muxlislar fikriga tupurgan holda qabul qilinaveradi. Futbolni kim uchun o'ynaymiz oldin mana shu masalaga aniqlik kiritib olishimiz kerak menimcha...
Keyin yana bir masala qaysi stadion tulyapti futbol bahslarida???
Menimcha Navbahor muxlislariga futbolimiz jonkuyarlari sifatida haykal quyish kerakmasmidi jazo urniga???
Akbarali Abdunazarov
13/04/2021 20:24
Канча микдорда жарима, буни эьлон килиш керак керак, бошка жамоаларга урнак булмайдими, епиглик козон епиглигича колаверарканда, охирига етмаган карорлари Кимга керак, майдондаги уйинчиларига хам жарима куллаш керак! Пахтакорни уйинчилари узи осмонда, Кремецнинг Металлург уйинчисига, яна усиб келаетган еш уйинчига ташлангани худди 5 синф болага 10 синф болани ташланишига ухшайди, кани узига булган хурмат, качон бизни футболчилар профиссионалликни урганади, хаммаси тупорига ухшайди, аксарият уйинларда мухлисларнинг асабига тегаетиб жунбушга келтираетган мана шу тоифадаги футболчилардир!
Абдуллаев Маьруф
13/04/2021 17:34
Рамазонда яхши бупти бунака гирром футбол кимга керак Ман уйингохига ундан кейин хам чикмайман.
Абдуллаев Маьруф
13/04/2021 17:34
Рамазонда яхши бупти бунака гирром футбол кимга керак Ман уйингохига ундан кейин хам чикмайман.
&
lochinlar navbahor
13/04/2021 13:30
Bizi pfl va ufa juda aqillide ayniqsa diyor maqola yozish boyicha chempion sudyalani xam eli kuziga jarimaga tormapsilada
&
Islombek Abduvaliyev
13/04/2021 12:14
2 Ta uchrashuvda Navbahorga muhlislar yordam berolmasa Navbahor rosa qiynaladi lekin.o'zi muhlislar ushlab turgandi jamoani
Doniyor Kuldoshov
13/04/2021 12:02
Федерацияга ҳамма вилоятлардан ишламагандан кейин шуда аҳвол, яна нимаям кутардинглар...


Ziyoviddin Usmanov
13/04/2021 11:57
Jatima miqdori bir oklad xalos paxtaga. Paxtachila qachon odam bulasila
Umarjon G'oyifov
13/04/2021 11:32
Федерациядагиларга гап йўқда.
&
umidjon omonov
13/04/2021 11:24
Пахтакор канча жарима толеди энди. 245 минми. Йо утиз фоиз скидка Билан толедими
Orif Akbarov
13/04/2021 11:18
Maqsadiga yetdi paxtakor sharbadliga olg‘a