
Rasmiy xabar: "Olimpik" futbolchisi "Qizilqum"ga o‘tdi
Birinchi davrada "Olimpik" jamoasi tarkibida harakat qilgan iqtidorli yarim himoyachi Davron Anvarov faoliyatini "Qizilqum"da davom ettiradi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.
Faoliyati davomida "Metallurg" va "Olimpik" jamoalarida to‘p tepgan yosh va iqtidorli yarimhimoyachi Davron Anvarov endilikda "Qizilqum" jamoasi sharafini himoya qiladi.
To‘liq ismi: Davron Anvarov
Tug‘ilgan vaqti: 06.03.2001
Amplua: Yarimhimoyachi
Anvarov yangi klubidagi ilk taasurotlari bilan o‘rtoqlashdi: "Qizilqum" jamoasidan taklif oldim. Bu erdagi barcha sharoitlar menga ma’qul bo‘ldi va men Navoiy jamoasini tanladim. Mashg‘ulotlar yaxshi ketmoqda. Jamoaga moslashib ketdim. Jamoadoshlarim bilan kirishib ketish qiyin bo‘lmadi ular meni yaxshi kutib olishdi. Maqsadim jamoa bilan Superligada yuquri o‘rinlar uchun kurashish.
Fikrlar