Rasmiy xabar. "Paxtakor" o‘z safiga legioner futbolchi qo‘shib oldi (Foto)

  • 29 iyul, 2021, 15:16
  • Bekzod Isayev
  • 2
  • Futbol
CHERY AUTO

Bir necha kun avval "Paxtakor" Serbiyaning "Partizan" klubi hujumchisi Boyan Matichga qiziqayotgani va uni transfer qilmoqchi ekanligi borasida xabar bergandik.

Tecno

Bugun "Paxtakor" matbuot xizmati Boyan Matich "sherlar" azosiga aylanganini rasman e’lon qildi. Endi u hujumda Eren Derdiyokning o‘rnini egallaydi.

O‘tgan mavsumning birinchi qismida u “Partizan” safida o‘ynadi, ikkinchi davrani esa Gretsiyaning “Atromitos” klubida ijarada o‘tkazdi. Umumiy olganda o‘tgan mavsum 25ta o‘yinda 2ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Butun faoliyati davomida Matich 155ta o‘yinda, 46ta gol urdi va 9ta golli uzatmani amalga oshirgan.

Boyan “Paxtakor”ga erkin agent sifatida ko‘chib o‘tdi. Futbolchi toshkentliklar bilan 2021 yil oxiriga qadar shartnoma tuzdi.

photo_2021-07-29_14-39-55

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Фаридун Камолов
29/07/2021 15:38
Faqat serbiyadan
Toprkanda
Sobir Qandahorov
29/07/2021 17:12
Yana bitta dariyoʻq