Rasmiy xabar! "Paxtakor"ning sobiq futbolchisi jamoaga qaytdi (Foto)

  • 23 iyul, 2021, 17:56
  • Bekzod Isayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Yarim himoyachi Odil Hamrobekov "Paxtakor" safiga qaytdi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.

Tecno

"Sherlar" tarkibida 2019-20 yillarda jami 77 bellashuvda maydonga tushib, bitta gol muallifiga aylangan Hamrobekov faoliyatini "Paxtakor"da davom ettiradi.

Odil va klub o‘rtasida 2022 yil oxiriga qadar mo‘ljallangan shartnomaga imzo chekildi. Futbolchi toshkentliklar safida ikki martadan O‘zbekiston chempionati va Kubogi, bir bor Liga Kubogida zafar quchib ulgurgan.

photo_2021-07-23_17-45-43

photo_2021-07-23_17-45-43 (3)

photo_2021-07-23_17-45-43 (2)

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!