Ravshan Ermatov JChning 2-turida ham ishlamaydimi?

  • 19 iyun, 2018, 01:15
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

FIFA JCh-2018  “B” guruhi 2-turidan o‘rin olgan Portugaliya – Marokash hamda Eron – Ispaniya o‘yinlarida ishlaydigan hakamlar nomini ma’lum qildi.

Tecno

Unga ko‘ra, Moskvadagi “Lujniki” stadionida o‘tadigan Portugaliya – Marokash o‘yinini aqshlik Mark Geger boshchiligidagi hakamlar brigadagi boshqarib borishi ma’lum bo‘ldi.

“Qozon-Arena”da kechadigan Eron – Ispaniya bellashuvida esa urugvaylik Andres Kunha boshliq hakamlar brigadasi boshqarib boradi.

Shu tariqa, hamyurtimiz Ravshan Ermatov bosh hakam bo‘lib 2-turdagi dastlabki 4 o‘yinda ishlamasligi aniq bo‘lib ulgurdi. Eslatib o‘tamiz, Ermatov 1-tur o‘yinlarida ham faoliyat yuritmasligi aniq bo‘lgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!