Ravshan Ermatov: Muxlislar Markaziy Osiyoning shiddatli derbilarini sog‘inib qolishgan

  • 11 mart, 2020, 14:03
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 1
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

O‘FA birinchi vitse-prezidenti Ravshan Ermatov tashkilot rasmiy saytiga bergan intervyusida musobaqada qo‘shni mamlakatlar jamoalari ishtirok etishi Liga Kubogining nufuzi va tomoshabopligini oshirishga ham xizmat qilishini aytib o‘tdi:

– O‘zbekiston Liga Kubogi bahslarida Qirg‘iziston hamda Tojikistonning etakchi klublari qatnashishi mazkur musobaqaga bo‘lgan e’tibor va qiziqishning ham ortishiga sabab bo‘ladi. Endilikda mazkur turnir uchrashuvlarini nafaqat O‘zbekistonda, balki qo‘shni davlatlarda ham kuzatib borishadi. Qolaversa, o‘zaro qardosh bo‘lgan mamlakatlar o‘rtasidagi aloqalar futbol orqali yanada mustahkamlanadi. Katta yoshdagi muxlislar Markaziy Osiyo jamoalarining derbilariga ko‘p bora guvoh bo‘lishgan. Ular mintaqamiz klublarining o‘zaro shiddatli to‘qnashuvlarini sog‘inishgani tayin. Shu boisdan ham Liga Kubogi bellashuvlariga qo‘shni mamlakatlar jamoalarini ham taklif etdik va ular bu taklifni qabul qilishganidan juda ham mamnunmiz. Endilikda muxlislar o‘z sevimli jamoalarining Tojikiston yoki Qirg‘iziston etakchi klubiga qarshi o‘yinini kuzatish uchun qo‘shni mamlakatlarga ham borishlari mumkin bo‘ladi. Kelasi mavsumlarda mintaqamizning boshqa mamlakatlari jamoalari ham musobaqada ishtirok etishlari kutilmoqda, – deya ta’kidladi O‘FA birinchi vitse-prezidenti.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
AzizGazieff-Marco Simic 55 PFK Pakhtakor Tashkent Uzbekistan GoLions
11/03/2020 19:42
Safsata,bu turnirga xech qanaqa qiziqish bo'lmaydi.
Agar qiziq turnir o'tkazmoqchi bo'lsangiz Navbaxor,Nasaf,Surxon va Buxoroga Tojikiston va Qirg'izistonni 4ta kuchli jamoasini qo'shib bitta turnir qivorila.
Intrigayam,muxlisam,qiziqisham bo'ladi.Qo'shnilani oldida
O'zbekistonni obro'sini ko'tarmoqchi bo'sela shu yo'lni tanlang.
Biz toshkentliklarga bu turnirning kopeykalik qizig'i yo'q,vaqtim bo'sayam bormiman.
Xaviga o'xshagan superyulduzlar kesagina stadionni to'ldirib berishimiz mumkin qoganini bizaga bir tiyin.