Ravshan Ermatov OFK vakillarini qabul qildi

  • 25 iyun, 2019, 21:58
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Osiyo futbol konfederatsiyasi A’zo mamlakatlar futbol assotsiatsiyalarini rivojlantirish boshqarmasi mutaxassisi Nurayim Alimkulova hamda OFK konsultanti Elnur Mammadov O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasiga tashrif buyurishdi. Bu haqda O‘FA rasmiy sayti xabar bermoqda.

Tecno

Qit’amiz futbol konfederatsiyasi muntazam ravishda milliy assotsiatsiyalarni qo‘llab-quvvatlash hamda ularni har jihatdan rivojlanishini ta’minlash bo‘yicha turli loyiha va tashabbuslarni amalga oshirib boradi. Ravshan Ermatov OFK vakillari bilan uchrashdi va assotsiatsiya faoliyatini yanada samarali yo‘lga qo‘yilishini ta’minlashga yordam beruvchi loyihalar bilan yaqindan tanishdi. Nurayim Alimkulova va Elnur Mammadov O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasining barcha yo‘nalishlar bo‘yicha ish faoliyatini yanada yaxshilash, har bir boshqarma ish ko‘lamini chuqur tahlil etish orqali ilg‘or assotsiatsiyalar tajribalarini tatbiq etishda Osiyo futbol konfederatsiyasi tomonidan bevosita ko‘mak ko‘rsatilishini bildirishdi.

Ravshan Ermatov ham O‘FA va OFK o‘rtasidagi aloqalar yanada mustahkamlanishi,  o‘rtadagi o‘zaro ishonchning yangi bosqichga olib chiqilishi, qit’a futbol konfederatsiyasi tomonidan amalga oshiriladigan turli tashabbus va loyihalarda O‘zbekiston vakillarining ham muntazam ishtirok etib borishi milliy futbolimiz ravnaqiga xizmat qilishini alohida qayd etdi.

Uchrashuv davomida OFK vakillari shuningdek, O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasining barcha boshqarmalarida faoliyat olib borayotgan mutaxassislar ish faoliyatini yanada samarali yo‘lga qo‘yish bo‘yicha o‘z taklif va mulohazalarini bildirib o‘tishdi.  

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!