Ravshanbek Umurzaqov jangi bo‘lmaydi. U manzilga etib bora olmadi

  • 11 sentabr, 2020, 19:36
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • Boks
CHERY AUTO

Professional boksning engil vazn toifasida o‘z janglarini o‘tkazib kelayotgan Ravshanbek Umurzaqov (10-1,7 KO) 12 sentyabr kuni navbatdagi uchrashuvini o‘tkazishi kerak edi. U ukrainalik Zoravor Petrosyanga (8-0, 3 KO) qarshi jang qilishi belgilangan edi. Afsuski, Turkiyaning Istanbul shahri orqali Rossiyaga parvoz qilgan Ravshanbek va murabbiy Nabijon Ismonov Ekaterinburgga etib bora olmagan. Buning sababi esa, Istanbul aeroportidan Rossiyaga parvoz amalga oshmagan. Yanada aniqroq qilib aytganda, parvozga ruxsat berilmagan. 

Tecno

Ukrainalik bokschiga esa, zudlik bilan boshqa raqib topildi. Endi Petrosyan mezbon Evgeniy Vazemga qarshi ringga ko‘tariladi. 

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!