Ravshanbek Umurzoqov WBA Asia kamari uchun kechgan jangda filippinlik raqibini 2-raunddayoq ringga qulatdi

  • 14 aprel, 2019, 10:15
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Boks
CHERY AUTO

Moldova poytaxti Kishinyov shahrida professional boks kechasi o‘tkazildi.Oqshomning markaziy janglaridan birida hamyurtimiz Ravshanbek Umurzoqov ishtirok ringga ko‘tarildi.

Tecno

Rus boks sharhlovchilari orasida “Prints”, “Mister pechen” nomlari bilan mashhur bo‘lgan hamyurtimiz shu kuni WBA Asia kamari uchun filippinlik Roberto Gonsalesga qarshi ringga chiqdi. Chempionlik jangi garchi 10 raunddan iborat bo‘lsada bokschimizning g‘alabasi muxlislarni uzoq kuttirib qo‘ymadi. Ravshanbek ikkinchi raunddayoq tajribali raqibini nokautga uchratib, navbatdagi g‘alabasini tantana qildi.

E’tiborlisi,  shu kuni professional boksdani o‘zining 29-jangini o‘tkazgan Gonsales faoliyatidagi beshinchi mag‘lubiyatini o‘zbekistonlik bokschidan qabul qilib oldi.

Ma’lumot uchun, WBA Asia kamarini qo‘lga kiritgan Ravshanbek Umurzoqov shu kungacha prof ringda 8 ta jang o‘tkazgan va ularning barchasida g‘alaba qozongan. Ettita jangini u muddatidan oldin o‘z foydasiga hal qilgan. Unga Nabijon Ismonov ustozlik qilmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!