Rayan Garsiya biroz oshirib yubordi yoxud u Lomachenkoni tan olmadi

  • 5 aprel, 2020, 12:05
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 1
  • Boks
CHERY AUTO

Engil vaznning eng umidli bokschilaridan deya e’tirof etilayotgan Rayan Garsiya (20-0, 17 KO) WBC, WBA va WBO chempioni Vasiliy Lomachenko (14-1-0, 10 KO) haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

Tecno

"Lomachenko - bu Lopecdan farqli ravishda engil vazn toifasining haqiqiy chempioni emas.  Loma o‘zi kim bilan jang qildi?

Keling to‘g‘risini aytaylik, hozir deyarli hech kim chempion emas. Lomachenkoga tegishli bo‘lgan yagona narsa va uning maqomini mustahkamlab turgan omil, uning avvalgi faoliyatidir. Aslini olganda bu dvizion mutloq ochiq holatda...

Afsuski, shunday. Ushbu vazndagi yagona haqiqiy chempion - Teofimo Lopes. U Kommini yutdi. Albatta, Kommi dahshatli emas, lekin yaxshi bokschi edi. Biroq bu yigitlarning barchasining saviyasi  mendan past  va men kabi qobiliyatli ham emaslar”, - deydi Garsiya.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Avaz Qurbonov
05/04/2020 12:12
E xuyet qiganmi bu Conorgayam sakragan bolakay emasmi shu mobodo