Rays Angliya terma jamoasi uchun o‘ynamaydi – sababi aytildi

  • 22.09.2026 00:00
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Angliya terma jamoasi va londonning «Arsenal» klubi yetakchilaridan biri Deklan Rays yaqinlashib kelayotgan xalqaro tanaffusda «uch sher» safida maydonga tushmaydi.

The Athletic nashri yozishicha, bunga jiddiy jarohat yoki muammo emas, balki futbolchiga berilayotgan rejalı dam sabab bo‘lgan. 
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yozda Rays Angliya terma jamoasining jahon chempionatidagi barcha sakkiz uchrashuvida maydonga tushgan, avgustdan buyon esa «Arsenal» tarkibida APL va Chempionlar ligasi o‘yinlarida doimiy ravishda asosiy tarkibda o‘ynab kelmoqda.

Bundan avvalroq «Chelsi»ning muhim o‘yinchilaridan biri Koul Palmer ham terma jamoaga chaqirilmasligi haqida xabarlar tarqalgan edi. 

Qolaversa, Palmer Shimoliy Amerikada o‘tgan mundialda Angliya terma jamoasi ro‘yxatiga ham kiritilmagandi.

Angliya terma jamoasi sentabr–oktyabr oylarida Ispaniya, Xorvatiya va Chexiya terma jamoalariga qarshi o‘yin o‘tkazadi, chexlar bilan esa ikki marta to‘qnash keladi. Barcha uchrashuvlar UEFA Millatlar ligasi doirasida bo‘lib o‘tadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!