"RB Leyptsig" - "Liverpul" bahsi Budapeshtda o‘tkazilishi mumkin

  • 5 fevral, 2021, 21:20
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

UEFA Chempionlar ligasining 1/8 finalidan o‘rin olgan "RB Leyptsig" va "Liverpul" jamoalari bahsi o‘tkaziladigan joyni o‘zi belgilashi mumkin.

Tecno

The Times nashri tarqatgan xabarga qaraganda, agar “RB Leyptsig” zudlik bilan “Liverpul”ga qarshi o‘yin uchun Germaniyadan boshqa davlatda stadion topa olmasa, UEFA ushbu o‘yin uchun joyni o‘zi belgilab beradi. Gap shundaki, Buyuk Britaniya hukumatining qaroriga ko‘ra, mersisaydliklar Germaniyaga kirishi taqiqlanadi.

UEFA esa ushbu jamoalar o‘rtasidagi dastlabki o‘yinni Vengriya poytaxtidagi "Pushkash Arena"da o‘tkazmoqchi. Ushbu stadion o‘tgan mavsum UEFA Superkubogiga mezbonlik qilgan edi.

"RB Leyptsig" - "Liverpul" uchrashuvi 16 fevral kuni bo‘lib o‘tishi kerak.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!