
"RB Leyptsig" "Arsenal"ning 60 million evrolik taklifini rad etdi
Londonning "Arsenal" klubi "RB Leyptsig" himoyachisi Dayot Upamekanoning transferi bo‘yicha rasmiy taklif bilan chiqdi.
Bild nashri tarqatgan xabarga ko‘ra “kanonirlar” 20 yoshli frantsiyalik futbolchi uchun nemis klubiga 60 mln evro taklif qilishgan. Biroq, yakunda ularga rad javobi berildi.
Ta’kidlash kerakki, Upamekanoning ayni damdagi tovon puli 100 mln evroni tashkil etadi. Ammo, u yana bir yildan so‘ng 80 mln evroga tushadi.
Ma’lumot uchun, Upamekano “RB Leyptsig” safida 2017 yilning yanvaridan buyon to‘p surib kelmoqda. O‘tgan davr mobaynida u jami 75ta o‘yinda maydonga tushdi va 3ta gol urishga erishdi.
Fikrlar