
"RB Leyptsig" bu safar "Tottenxem" darvozasiga javobsiz 3 ta gol urdi (video)
“Tottenxem” UEFA Chempionlar ligasining 1/8 final javob uchrashuvlari doirasida “RB Leyptsig” mehmoni bo‘ldi.
Londonda 1:0 hisobida mag‘lub bo‘lgan Joze Mourino shogirdlari bu gal ham raqib darvozasi tomon yo‘l topa olishmadi va 3:0 hisobida imkoniyatni boy berishdi.
Ikki o‘yin natijasiga ko‘ra 4:0 hisobida ustun kelgan “RB Leyptsig” musobaqadagi yurishini davom ettiradigan bo‘ldi. “Shporlar” esa shu bosqichda to‘xtashdi.
Quyida ushbu uchrashuvning qisqacha videosharhini tomosha qilishingiz mumkin:
Fikrlar