
"RB Leyptsig" kutilmaganda "Maynts" maydonida mag‘lub bo‘ldi (video)
Germaniya Bundesligasining 18-turida “RB Leyptsig” safarda “Maynts” mehmoni bo‘ldi.
Ushbu o‘yin gollarga boy bo‘ldi. Yakunda esa 3:2 hisobida mezbonlarning qo‘li baland keldi. Shu kuni “Maynts”ga g‘alaba keltirgan gollarni Mussa Niakate (24', 35') hamda Leandro Barreyro (50') kiritdi, “RB Leyptsig”ning gollariga esa Tayler Adams (15') hamda Marsel Xalstenberg (30') mualliflik qildi.
Quyida ushbu uchrashuvning qisqacha videosharhini tomosha qilishingiz mumkin:
Fikrlar