"RB Leyptsig" so‘nggi 3 yil ichida 2-marta Germaniya kubogi finaliga chiqdi

  • 1 may, 2021, 04:19
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“RB Leyptsig” Germaniya kubogining yarim final bahsida “Verder”ni taslim qildi va finalga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.

Yulian Nagelsmann boshchiligidagi “RB Leyptsig” so‘nggi 3 yil ichida 2-marta mamlakat kubogi finaliga chiqdi. 2019 yilgi finalda ular “Bavariya”ga (0:3) imkoniyatni boy berishgan. 2009 yilda tashkil topgan klub bungacha biror marta Germaniya kubogi finalida o‘ynamagan edi.

Kubokning ikkinchi finalchisi bugun bo‘lib o‘tadigan “Borussiya” Dortmund hamda “Xolshtayn Kil” klublari to‘qnashuvida aniqlanadi. Final uchrashuvi 13 may kuni bo‘lib o‘tadi.

“RB Leyptsig”ni 2019 yildan buyon boshqarib kelayotgan 33 yoshli Nagelsmann mavsum yakunlangach “Bavariya”ga o‘tadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!