"RB Leyptsig" Upamekanoning narxini ma’lum qildi

  • 11 yanvar, 2021, 16:28
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“RB Leyptsig” himoyachi Dayo Upamekanoning kelajak faoliyati masalasida bir qarorga keldi.

Tecno

Italiyalik jurnalist Fabritsio Romanoning xabar berishicha, nemis klubi 22 yoshli frantsiyalik futbolchini joriy qishki transferlar davrida sotmaydi. “RB Lepytsig” uni yozda sotishi mumkin. Shunda ham ular 42 million evrodan kamiga Dayoni qo‘yib yubormaydi.

Bundan avvalroq Upamekanoga «Bavariya», «Manchester Yunayted» va «Liverpul» klublaridan qiziqish bo‘layotgani haqida xabarlar tarqalgan edi.

Upamekano joriy mavsum Bundesligada 14 ta o‘yinda maydonga tushdi va 1 ta gol urishga muvaffaq bo‘ldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!