"Real" - "Manchester Siti" to‘qnashuvida qaysi jamoa ko‘proq ustunlikka ega?

  • 26 fevral, 2020, 08:00
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Xabaringiz bor bugun UEFA Chempionlar ligasining 1/8 finalidan o‘rin olgan yana 2 ta bellashuv bo‘lib o‘tadi. “Real” – “Manchester Siti” bahsi shular jumlasidandir.

Biz esa ushbu bellashuv oldidan jamoalarning imkoniyatlarini baholab chiqamiz.

r

Zinedin Zidan boshchiligidagi jamoa doimgidek barqaror o‘yin ko‘rsatib kelmoqda. Xatto La Ligada uzoq vaqtgacha peshqadamlik qilib keldi. Biroq, so‘nggi 5 ta o‘yindan 2 tasida mag‘lub bo‘lgani va 1 tasida durang o‘ynagani ularga qimmatga tushdi va “Real”ni peshqadamlikdan 2-o‘ringa tushib ketdi.

“Qirollik klubi”ning hujum chizig‘ini ham, himoya chizig‘ini ham u qadar kuchli deb bo‘lmaydi. Boisi, jamoa so‘ngg 5 ta o‘yinda raqib darvozasiga 10 ta gol urishgan, o‘z darvozalaridan esa 8 ta gol o‘tkazib yuborishgan.

ser

Eslatib o‘tamiz, “Real” Chempionlar ligasining “A” guruhida PSJdan so‘ng 2-o‘rinni egallab pley-offga yo‘llanmani qo‘lga kiritgan edi.

“Real”ning so‘nggi 5 ta o‘yinda qayd etgan natijalari:

“Real” – “Atletiko” 1:0

“Real” – “Real Sosedad” 3:4

“Osasuna” – “Real” 1:4

“Real” – “Selta” 2:2

“Levante” – “Real” 1:0

g_2

“Manchester Siti”ga to‘xtaladigan bo‘lsak, jamoa bu mavsum u qadar yorqin o‘yinlar ko‘rsata olmayapti. Ayniqsa, jamoaning UEFA tomonidan jazolanishi ham yana bir ruhiy zarba bo‘ldi.

Xosep Gvardiola shogirdlari so‘nggi o‘yinlarda juda ko‘p ochko yo‘qotmoqda va shuning hisobiga APLda peshqadam “Liverpul” bilan farq 22 ochkogacha bori etdi.

“Shaharliklar” so‘nggi 5 ta o‘yinning 2 tasida mag‘lub bo‘lishdi va 3 tasida g‘alaba qozonishdi. Biroq, jamoaning hujum chizig‘i ham bir ahvolda. Boisi, “Siti” hamshahari “Manchester Yunayted” va “Tottenxem”ga qarshi o‘yinlarda birorta ham gol urolmasdan mag‘lub bo‘ldi.  So‘nggi 5 ta o‘yinda bor yo‘g‘i 7 ta gol urdi xolos.

agur

“Manchester Siti”ning himoyasini nisbatan yaxshi deyish mumkin. Chunki, jamoa oxirgi 5 ta o‘yinda o‘z darvozasidan bor yo‘g‘i 3 ta gol o‘tkazib yubordi xolos.

Eslatib o‘tamiz, “Manchester Siti” Chempionlar ligasining “C” guruhida 14 ochko bilan 1-o‘rinni qo‘lga kiritgan holda pley-offga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.

Quyida “Manchester Siti”ning so‘nggi 5 ta o‘yinda qayd etgan natijalari bilan tanishib olishingiz mumkin:

“Manchester Siti” – “Fulxem” 4:0

“Manchester Siti” – “Manchester Yunayted”

“Tottenxem” – “Manchester Siti” 2:0

“Manchester Siti” – “Vest Xem” 2:0

“Lester” – “Manchester Siti” 0:1

real11

“Real” va “Manchester Siti” jamoalari so‘nggi bor 2017 yilning 27 iyulida Xalqaro Chempionlar kubogida to‘qnash kelishgan va unda “shaharliklar” yirik 4:1 hisobida g‘alaba qozongan.

Diskvalifikatsiya va jarohatlar:

“Real”: Marko Asensio, Eden Azar

“Manchester Siti”: Leroy Sane

“Real” va “Manchester Siti” jamoalari shu kungacha o‘zaro 6 ta o‘yin o‘tkazishgan va shularning 3 tasida “Real”ning qo‘li baland kelgan bo‘lsa, 1 tasida “Siti” yutgan. Qolgan 2 ta o‘yinda esa kuchlar teng kelgan.

E’tiborlisi, ushbu 6 ta o‘yinning birortasida 0:0 hisobi qayd etilmagan.

gg

Xulosa o‘rnida shuni aytish mumkinki, bu mavsum Gvardiola boshqaruvidagi “Siti” uchun so‘nggi imkon bo‘ladi. Boisi, Xosep UEFAning diskvalifikatsiyasidan so‘ng jamoadan ketishni rejalashtirgan. Shu bois u ketar chog‘ida albatta jamoa bilan yirik musobaqada g‘olib chiqishni xohlaydi. “Real” esa yana Zidan boshchiligida EChLni yutishni orzu qilmoqda. Har ikkala jamoaning so‘nggi o‘yinlarda qayd etayotgan qoniqarsiz natijalari ushbu o‘yinga o‘z ta’sirini o‘tkazmaydi. Shu bois katta ehtimol bilan Madriddagi o‘yin durang bilan yakunlanadi.

Eslatib o‘tamiz, “Real” – “Manchester Siti” uchrashuvi bugun Toshkent vaqti bilan soat 01:00 da boshlanadi. Javob o‘yini esa 18 mart kuni “Etixad”da bo‘lib o‘tadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!