“Real”, Husanovni kutib ol!
10 dekabrdan 11 dekabrga o‘tar kechasi, Toshkent vaqti bilan soat 01:00 da Evropa Chempionlar ligasi umumiy bosqichining eng qiziqarli va murosasiz uchrashuvlaridan biri start oladi.
Unda turnirning ikki grand – “Real” va “Manchester Siti” futbolchilari Madriddagi “Santyago Bernabeu” stadionida o‘zaro to‘qnash keladi.
Uchrashuvga mezbonlik qiladigan madridliklarning joriy mavsumda qit’aning eng nufuzdi turniridagi ahvoli ancha yaxshi. Xabi Alonso shogirdlari to‘rtinchi turda Angliyada “Liverpul”dan kichik hisobda mag‘lub bo‘lganiga qaramay, qolgan to‘rtta uchrashuvda zafar quchib, 12 ochko jamg‘ardi.
“Manchester Siti” dastlabki to‘rtta turda uchta g‘alaba va bitta durang qayd etgandi. Ammo beshinchi turda “Etihad” arenada kutilmaganda Leverkuzenning “Bayer” jamoasiga 0:2 hisobida yutqazib qo‘ydi va to‘g‘ridan to‘g‘ri chorak finalga chiqish imkoniyatini qiyinlashtirib qo‘ydi. O‘sha uchrashuvda Xosep Gvardiola tarkibda o‘n futbolchini o‘zgartirgani oxir-oqibat xato bo‘lib chiqdi.
Endi “shaharliklar” umumiy bosqichning qolgan uchta uchrashuvida maksimal natijani ko‘zlab o‘ynashiga to‘g‘ri keladi. Shu bahslardan birinchisi “Real”ga qarshi bo‘ladi. Qolgan ikki o‘yin 2026 yilga belgilangan. Dastlab, “Manchester Siti” 20 yanvarda Erling Xolandning yurtiga borib, “Budyo Glimt” jamoasi bilan o‘ygab keladi.
28 yanvarga belgilangan oxirgi turda manchesterliklar o‘z muxlislari ko‘z o‘ngida Turkiyaning eng qudratli klubi “Galatasaroy” futbolchilarini qabul qiladi.
“Manchester Siti” Madridda bo‘ladigan o‘yinga puxta tayyorgarlik ko‘rdi. Biroq klub bazasidagi so‘nggi mashg‘ulotda Jon Stounz, Kelvin Fillips, Rodri va Mateo Kovachich ishtirok etmadi. Ushbu mashg‘ulot asosida Xosep Gvardiola “Peal” bilan o‘yinga jalb qilinadigan 21 nafar futbolchi ro‘yxatini tasdiqladi.
Madridga etib kelgan tarkib quyidagicha ko‘rinishga ega.
Darvozabonlar:
Janluiji Donnarumma, Jeyms Trafford, Markus Bettinelli.
Himoyachilar:
Riko Lyuis, Mateus Nunes, Abduqodir Husanov, Ruben Diash, Yoshko Gvardiol, Natan Ake, Rayan Ayt-Nuri, Niko O'Reyli.
Yarim himoyachilar:
Niko Gonsales, Bernardo Silva, Tijani Reynders, Fil Foden.
Hujumchilar:
Oskar Bobb, Savino, Rayan Sherki, Erling Xoland, Umar Marmush, Jeremi Doku.
Husanovni “Real”ga qarshi o‘ynat! Gvardiolaga shunday talab qo‘yildi
Husanov “JCh-2026”ni boshlamay turib rekord o‘rnatdi!
O‘zbekiston qatnashadigan “JCh-2026”da yangicha qoida amal qiladi
Husanovga yo‘q joydan imkoniyat paydo bo‘ldi
O‘zbekiston mundialda qattiq jang qiladi, lekin..
Shomurodov va Fayzullaev murabbiy iste’fosiga “sababchi” bo‘ldi
Bu xatodan keyin Gvardiola Husanovni asosiy tarkibga qaytarishi shart



Fikrlar