Vinisius, Husanovdan o‘tolmaysan!

  • 10.12.2025 00:00
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Toshkent vaqti bilan 10 dekabrdan 11 dekabrga o‘tar kechasi soat 01:00 da Evropa Chempionlar ligasi umumiy bosqichining eng ko‘p kutilayotgan uchrashuvida “Real” o‘z muxlislari ko‘z o‘ngida “Manchester Siti”ni qabul qiladi.

Tecno

O‘tgan mavsumda madridliklar o‘zaro to‘qnashuvda “shaharliklar”ni qit’aning eng nufuzli musobaqasidan chiqarib yuborgan edi. Endi Xosep Gvardiola shogirdlari revansh olishga harakat qiladi.

Muhim jihati shundaki, Chempionlar ligasining o‘tgan mavsumda “Santyago Bernabeu”dagi javob uchrashuvida Abduqodir Husanov ham ishtirok etgan edi. Manchesterga yangi kelgan hamyurtimiz yosh bo‘lishiga qaramay, “Real” yulduzi Vinisius Juniorga umuman o‘yin bermagan.

Husanovning o‘sha bahsdagi harakatlari ekspertlar tomonidan o‘zbek futbolchisining “Manchester Siti” safidagi eng yorqin o‘yinlaridan biri sifatida juda yuqori baholangan. Muxlislar ongida esa, Vinisius Juniorni aynan Abduqodir to‘xtata oladi, degan fikrni muhrlagan.

Endi navbatdagi to‘qnashuv oldidan “Manchester Siti”ning butun dunyo bo‘ylab yoyilgan fanatlari klubning ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida Xosep Gvardioladan “Real” hujumchilari Vinisius Junior va Kilian Mbappeni to‘xtatish uchun Abduqodir Husanovni ilk daqiqalardan maydonga tushirishni talab qilyapti.

Sports.uz  portali fanatlarning Abduqodir Husanov haqidagi fikr-mulohazalarini o‘quvchilar e’tiboriga havola etadi.

Kipkoech Kigen:

Vinisius Juniorning hujumlarini to‘xtatish uchun o‘ng qanot himoyasiga Husanovni qo‘yinglar, iltimos.

Mthõ Żiņtø:

Vinisius Husanovdan o‘tolmaydi.

Mirah Harim:

Kipkoech Kigen bildirgan fikrga 100 foiz qo‘shilaman.

Favour Idike:

Husanov Mateush Nuneshdan tezkorroq.

Sylviah Miruka:

“Real”ga qarshi o‘yinni Husanov bilan boshlash tarafdoriman, u Vinisiusning o‘tib ketishiga yo‘l qo‘ymaydi.

 Pee Jay:

Madriddagi uchrashuvni Husanov yana asosiy tarkibda boshlashi kerak.

Murunga Tobius:

Pep Husanovga etarli darajada o‘yin amaliyoti berishi kerak.

Chimaobi David:

Husanov O‘ng qanot himoyasida Vinisiusga qarshi o‘ynasin. “Manchester Siti”, iltimosimizni inobatga ol.

Marwan Yasser:

Madridda bizga Husanov va Marmush kerak. Chunki ular juda tezkor.

Andy Bi:

Vinisius Juniorni to‘xtatish uchun o‘ng qanotda Husanovdan foydalanish kerak. Bizga uning tezkorligi va tempi kerak. Nunesh zo‘r formada ekanini bilamiz. Lekin uning tezligi Vinisiusni ushlab turishga etmadi. Shu bois, bizga Husanov kerak.

Musingakori Munashe:

Husanovni juda sog‘indik. Uni maydonda ko‘rmoqchimiz.

Skyke Mjuja:

Husanov hozir asosiy tarkibda o‘ynashga loyiq. Abduqodir juda shiddatli o‘ynay oladigan yaxshi himoyachi.

Muhammad A Moriki:

Husanov “Real”ga qarshi uchrashuvni ilk daqiqalardan boshlashiga umid qilamiz.

Mike MW:

Husanov Kilian Mbappega qarshi ham o‘ynay oladi.

Kwaro Kweenyi:

Vinisiusga qarshi o‘ynash uchun Husanovnikidaqa tezlik kerak.

Karembo Nicoh:

Mbappeni faqat Husanov to‘xtata oladi.

“Real”, Husanovni kutib ol!

Husanovni “Real”ga qarshi o‘ynat! Gvardiolaga shunday talab qo‘yildi

Husanov “JCh-2026”ni boshlamay turib rekord o‘rnatdi!

O‘zbekiston qatnashadigan “JCh-2026”da yangicha qoida amal qiladi

Husanovga yo‘q joydan imkoniyat paydo bo‘ldi

O‘zbekiston mundialda qattiq jang qiladi, lekin..

Shomurodov va Fayzullaev murabbiy iste’fosiga “sababchi” bo‘ldi

Bu xatodan keyin Gvardiola Husanovni asosiy tarkibga qaytarishi shart

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!