“Real”, PSJ va “Nyukasl” bir futbolchini talashmoqda

  • 22 iyun, 2022, 16:10
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Reyms" hujumchisi Ugo Ekitike faoliyatini boshqa klubda davom ettirishi mumkin, deya xabar beradi jurnalist Fabritsio Romano.

Tecno

Manbaga ko‘ra, 19 yoshli frantsiyalik futbolchiga "Nyukasl" jiddiy da’vogarlik qilmoqda. Shuningdek, “Real” va PSJ ham futbolchi uchun kurash olib borishga tayyor.

2021/22 yilgi mavsumda Ekitike “Reyms” safida 27 ta o‘yinda maydonga tushib, o‘z hisobiga 11 gol va 5 golli uzatmani yozdirib qo‘ygan. “Transfermarkt” portali futbolchining narxini 28 million evroga baholamoqda.

Uning frantsuz klubi bilan shartnomasi 2024 yilning yoziga qadar amal qiladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!