
"Real" 17 yoshli futbolchi uchun salkam 50 million evro to‘lashga tayyor
Madridning “Real” klubi hamon “Renn” yarim himoyachisi Eduardo Kamavingani sotib olish haqida o‘ylamoqda.
Goal nashri tarqatgan xabarga ko‘ra, madridliklar 17 yoshli futbolchi uchun frantsuz klubiga 45 million evro to‘lashga tayyor. Ammo, “Renn” uni 100 million evroga baholamoqda. “Qirollik klubi” Kamavingani braziliyalik xavbek Kazemiroga munosib o‘rinbosar sifatida qaramoqda.
Eduardo Kamavinga joriy mavsum “Renn” safida jami 36 ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 1 ta gol hamda 2 ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.
Fikrlar