"Real" 22 turda 11 penalti ishlab oldi — La Liga rekordi takrorlandi
"Real Madrid" La Liganing 22-turi davomida 11 ta penalti ishlab oldi. Bu Ispaniya chempionatining shu bosqichida bir jamoa foydasiga belgilangan eng ko‘p 11 metrlik zarbalar soni bo‘yicha rekordning takrorlanishi hisoblanadi.
Bugun madridliklar "Rayo Valyekano"ni 2:1 hisobida mag‘lub etdi. G‘alaba golini Kilian Mbappe 100-daqiqada penaltiidan kiritdi.
Shu tariqa, "Real" 1950/51 mavsumdagi "Barselona" (yakunda 12 penalti), 1978/79 mavsumdagi "Atletiko" (12) va 2015/16 mavsumdagi "Barselona" (19) natijalariga tenglashdi.
Fikrlar