"Real" 50 mln evrolik transferni amalga oshirmoqchi. Madridliklarning "o‘ljasi" Italiyada

  • 21 aprel, 2020, 13:20
  • Bekzod Isayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

«Milan» klubi darvozaboni Janluiji Donnarumma mavsum yakunlangach «Real»ga o‘tishi mumkin. Madridliklar 21 yoshlik posbon uchun 50 million evro berishga tayyorlar. Bu haqda Milan News nashriga tayanib, Tuttosport xabar berdi.

"Qirollik klubi" bosh murabbiyi Zinedin Zidan jamoa darvozaboni Tibo Kurtuaning o‘yinidan qoniqish hosil qilmayapti va shuning uchun uning o‘rniga alternativ variant qidirmoqda.

Donnarumma ham «Milan» bilan shartnomasini uzaytirishni xohlamayapti. uning milanliklar bilan tuzgan bitimi 2021 yilning yozigacha mo‘ljallangan. Agar tomonlar yangi kelishuvga erisha olishmasa, Donnarumma kelasi yili yozda erkin agentga aylanadi.

«Rossonerilar» o‘z navbatida, darvozabonga PSJ va «Chelsi»ning ham qiziqishini inobatga olib, ushbu tarsnferdan katta foyda olishmoqchi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!