
"Real" afsonasi bosh murabbiylik faoliyatini boshlash arafasida
"Liverpul", "Real" va "Bavariya" kabi grand jamoalarda to‘p tepgan sobiq futbolchi Xabi Alonso bosh murabbiylikka tayinlanishi mumkin. Unga Belgiyaning "Bryugge" klubi shu vazifani ishonib topshirmoqchi.
"HLN" nashriga ko‘ra, Belgiya klubi uni tez orada bosh murabbiy sifatida tanishtirishni maqsad qilgan. "Bryugge"ning sobiq bosh murabbiyi Alfred Shreyderning "Ayaks"ga o‘tib ketgani sabab rahbariyat tez qaror qabul qilishga majbur bo‘lmoqda.
Ma’lumot uchun Alonso 2017 yilda futbolchilik faoliyatiga yakun yasagan. Keyin u "Real Sosedad"ning yoshlar jamoasida murabbiy bo‘lib ishlagan. So‘ng "Real" yoshlari bosh murabbiyi etib tayinlangandi.
Fikrlar