
"Real" Anchelotti bilan shartnomani uzaytirmoqchi
"Real"ga 2024 yilda yangi bosh murabbiy kelish ehtimoli yuqori. Ammo "Relevo" nashri jamoa madridliklarning Karlo Anchelottini olib qolishni istayotganini ma’lum qildi.
Manbaning tak’idlashicha, rahbariyat italiyalik mutaxassisga ikki yillik shartnoma taklif qilishni reja qilgan. U bilan tuzilgan bitim 2024 yilning yozida o‘z nihoyasiga etadi.
Mish-Mishlarga ko‘ra, Karlo Madriddagi faoliyatini tugatib, Braziliyada ish boshlashi kutilmoqda. Agarda u "Real"ning taklifni qabul qilsa, "pentakampeonlar" boshqa mutaxassisni izlashiga to‘g‘ri keladi.
Fikrlar