
“Real” Anchelotti o‘rniga kimni olib kelishi ma’lum bo‘ldi
Joriy mavsum “Real”ni katta muvaffaqiyatlarga etaklagan Karlo Anchelotti uchun jamoa bosh murabbiyligidagi oxirgi yil bo‘lishi oydinlashib bormoqda.
Klub xo‘jayinlari yangi loyihani hayotga tadbiq etmoqchi va uni umuman boshqa mutaxassis boqarishini istayapti.
Ma’lumotlarga qaraganda, “Qirollik klubi” rahbariyati yozda jamoaga bosh murabbiy sifatida “Bayer”da muvaffaqiyatli ishlayotgan Xabi Alonsoni olib kelish bo‘yicha yakuniy qarorga kelib bo‘lgan.
“Real” o‘zining sobiq o‘yinchisi Xabi Alonsoni tanlagani bejiz emas. Madridlik muxlislar uni juda yaxshi ko‘radi.
Eng asosiysi esa, Xabi Alonso “Bayer” singari o‘rtamiyona jamoani uzoq yillik tarixida ilk bor Germaniya chempioniga aylantira oldi. “Real” esa, jamoani yashartirish ishlarini davom ettirmoqchi va bu loyiha boshida yangi avlod murabbiylaridan hisoblangan Xabi Alonso turishini rejalashtirgan.
Fikrlar