
"Real" Angliyaning quyi ligasidan futbolchi sotib olmoqchi
Londonning "Fulxem" klubi yarim himoyachisi Andre-Frank Zambo-Angissa faoliyatini grand klubda davom ettirishi mumkin.
Mundo Deportivo nashri tarqatgan xabarga ko‘ra, 24 yoshli kamerunlik futbolchiga "Real" qiziqib qolgan. Madridliklar uni yaqinlashib kelayotgan yozgi transferlar davrida sotib olishmoqchi va buning uchun londonliklarga 20 mln evro to‘lashga tayyor.
Ta’kidlash kerakki, Andre-Frank joriy mavsumni “Vilyarreal” safida ijarada o‘tkazmoqda. U “sariq suv osti kemasi” safida 28 ta o‘yinda maydonga tushdi va 1 ta gol hamda 1 ta golli uzatmaga mualliflik qildi. Uning “Fulxem” bilan amaldagi shartnomasi 2023 yilga qadar imzolangan.
Fikrlar