“Real” Arbeloa o‘rniga bir kunda to‘rtta nomzod topdi
Chempionlar ligasi chorak finalida “Bavariya”ga yengilib, turnirni erta tark etganidan keyin “Real” rahbariyati Alvaro Arbeloa o‘rniga yangi bosh murabbiy tanlashga kirishdi.
The Athletic nashri xabariga ko‘ra, madridliklar ayni paytda to‘rt mutaxassis nomzodini ko‘rib chiqmoqda.
Klub rahbariyati Yurgen Klopp nomzodini yuqori baholamoqda, ammo hozircha tomonlar o‘rtasida hech qanday aloqa yo‘q.
“Real” prezidenti Florentino Peres Zinedin Zidanni ham qadrlaydi, ammo u Frantsiya terma jamoasini boshqarishga tayyorgarlik ko‘rmoqda va Madridga qaytmoqchi emas.
Shuningdek, “Real” AQSh terma jamoasini boshqarayotgan Maurisio Pochettino va 2026 yildagi jahon chempionatidan keyin Frantsiya termasini tark etadigan Didye Desham nomzodlarini ham ko‘rib chiqmoqda.
Arbeloa “Real”ni 2026 yilning yanvar oyida boshqarishni boshlagan. Uning klub bilan shartnomasi 2027 yil yozigacha amal qiladi.
Fikrlar