
“Real” ashaddiy raqib – “Barsa” chempionligiga qanday munosabat bildirdi?
O‘tgan mavsum chempioni – “Real” o‘z unvonini munosib himoya qila olmadi. Joriy mavsumni yuqori darajada o‘tkazgan “Barselona” chempionlik poygasida madridliklardan o‘zib ketdi va muddatidan oldin bosh sovringa ega chiqdi.
“Real” rahbariyati “Barselona”ning chempionligiga munosabat bildirdi.
- 2022-2023 yilgi mavsumda Ispaniya chempioni bo‘lgan “Barselona”ni tabriklaymiz, - deb bayonot tarqatdi “Real” klubi o‘zining tvitterdagi sahifasida.
Bu “Barselona” tarixidagi 27-chempionlik unvoni hisoblanadi. Mazkur ko‘rsatkich bo‘yicha kataloniyaliklar hamon “Real”dan ortda qolmoqda. “Qirollik klubi” futbolchilari o‘z tarixida jami 35 marotaba La Liga g‘olibi bo‘lgan.
Fikrlar