
“Real” “Barsa” amalga oshirgan transferlarni tahlil qildi, ammo...
"Real" "Barselona"ning yozda amalga oshirgan transferlarini tahlil qildi, deb xabar beradi “Marca” nashri.
Madrid grandi rahbariyati tahlillari natijasi shu bo‘ldi: "qisqa muddatli va shubhali".
“Qaymoqranglilar” La Ligadagi asosiy raqibi amalga oshirgan xaridlar 100 foiz natija ko‘rsatishiga ishonch bildirmagan. Aksincha, ortiqcha futbolchilar borligi klub ichki muhitini buzishi mumkin degan qarorga kelgan. “Real” esa mavsum davomida shunday muammoga duch kelmasligi uchun keraksiz o‘yinchilarni sotishga ko‘proq e’tibor qaratishmoqda.
"Barsa" hozirgacha Robert Levandovski (45 million evro + qo‘shimchalar), Rafinya (58 million evro + qo‘shimchalar), Frank Kessi va Andreas Kristensen (ikkalasi ham bepul) bilan shartnoma imzolaganini e’lon qildi. Kataloniyaliklar bu bilan to‘xtab qolmasligi hamda yaqin vaqt ichida yana yangi xaridlarni amalga oshirishi kutilmoqda.
Ma’lumot o‘rnida, “Real” transfer bozorida unchalik faol emas. “Qaymoqranglilar” Antonio Ryudiger (bepul) va Orelen Chuameni (80 million evro + bonuslar) kabi futbolchilarni o‘z safiga qo‘shib oldi.
Fikrlar