“Real” “Barsa”ni nokautga uchratdi. Lautaro Madridga keladi

  • 4 iyun, 2020, 21:01
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

“Real” rahbariyati “Barselona” orzusidagi Lautaro Martinesni transfer qilishga tayyorlanmoqda. Kataloniyaliklar futbolchining badal pulini to‘lash o‘rniga turli variantlarni ilgari surayotgan bir paytda ashaddiy raqib masalani “Inter” istaganidek hal qilmoqchi.

Ma’lumotlarga qaraganda, “Real” vakillari Lautaroning agenti bilan uchrashib, transferni amalga oshirish bo‘yicha takliflarini bildirgan.

Argentinalik futbolchining shartnomasida qaysi jamoa iyun oyi oxirigacha 111 million evro to‘lasa Martinesni qo‘lga kiritishi belgilab qo‘yilgan.

Shu bois, kataloniyaliklar transfer masalasida xarajatga rozi bo‘lmasa, milanliklar futbolchini Madridga jo‘natishni rejalashtirmoqda.

UEFA mintaqasida porlagan o‘zbek legionerlari

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!