“Real”: Levandovski “Barsa”ga o‘tsa yaxshi bo‘lardi!
“Real” prezidenti Florentino Peres “Bavariya” to‘purari Robert Levandovskining madridliklarning ashaddiy raqibi “Barselona”ga o‘tishga harakat qilayotganiga izoh berdi.
- Men “Barselona” sport direktori emasman, lekin ular Robertning hali shartnomasi borligiga qaramay, bu transferni amalga oshirishi mumkin. Levandovski zo‘r hujumchi. Agar u “Barselona”ga o‘tsa yaxshi bo‘lardi.
“Real” va “ Barselona” qanchalar kuchaysa, bu chempionat va boshqalar uchun ham foyda bo‘ladi, - dedi Florentino Peres.
Levandovski o‘tgan mavsumda 46 marotaba maydonga tushib, o‘z hisobiga 50 ta gol va ettita assist yozdirid qo‘ydi.
Fikrlar