“Real”: Bizga Rodrini tiqishtiravermanglar!

  • 21.07.2026 12:06
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

“Manchester Siti” yarim himoyachisi Rodri so‘nggi vaqtlarda muntazam ravishda «Real» bilan bog‘lanmoqda. Biroq madridliklar uni sotib olish bo‘yicha hozircha aniq rejaga ega emas.

Shu bilan birga, The Athletic nashrining yozishicha, “Qirollik klubi” rahbariyati Rodrining nomi doimiy ravishda “Real” bilan bog‘lanayotganidan norozi.

- Klubda bu yoz Rodri nomi doimiy ravishda “Real” bilan bog‘lanayotganidan norozilik mavjud. Biroq “Real”ning ayrim yetakchi futbolchilariga yaqin manbalar uning transferi jamoa uchun juda kuchli kuchaytirish bo‘lishini ta’kidlamoqda, - deb yozdi mazkur nashr.

Rodri jahon chempionati finalida mukammal o‘yin ko‘rsatib, Ispaniyaning amaldagi chempion Argentinandan ustidan g‘alaba qozonishiga munosib hissa qo‘shdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!