
"Real" bosh murabbiyi Anchelotti firibgarlikda ayblanmoqda
"Real" Madrid jamoasi bosh murabbiyi Karlo Anchelotti soliq to‘lashdan bo‘yin tovlaganlikda ayblanmoqda. Bu haqda "El Mundo" nashri xabar bermoqda.
Manbaga ko‘ra, 64 yoshli mutaxassis 400 ming evroni deklaratsiya qilmagan. 2014 yilda Karlo “qirollik klubi"da ilk bor ishlaganida, u imij huquqidan tushgan daromadning bir qismini yashirgan. Shu munosabat bilan Anchelotti moliyaviy firibgarlik ishi bo‘yicha sudga chiqadi.
Ma’lumot uchun, Anchelotti 2021 yilning yozidan buyon "qaymoqranglilar" boshqaruvida ishlamoqda.
Fikrlar