
“Real” bu futbolchi uchun yulduzidan voz kechmoqda
“Real” bosh murabbiyi Karlo Anchelotti klub mutasaddilaridan “Lester” yarim himoyachisi Yuri Tilemansni transfer qilishni so‘ramoqda.
“Qirollik klubi” 24 yoshli belgiyalik futbolchini olish uchun maydon markazidagi o‘yinchilaridan biri, xususan, braziliyalik Kazemironi sotib yuborishga tayyorlanmoqda. Aslida, Kazemiro yaqinda klub bilan yangi bitim imzolagan edi.
Transfermarkt portali Angliya premer-ligasida zo‘r o‘ynayotgan Tilemansning transferini 55 million evroga baholamoqda. Belgiyalik yarim himoyachi joriy mavsumda sakkizta uchrashuvda bir juft gol urdi.
Fikrlar