“Real” bu hujumchining harakatlarini kuzatishda davom etadi

  • 22 iyul, 2022, 13:28
  • Makhmudov Jamshidbek
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Real" Madrid vakillari "Real Sosedad" rahbariyatidan hujumchi Aleksandr Isak bilan bog‘liq vaziyatdan xabardor qilib turishlarini so‘rashdi.

Oldinroq madridliklar Isak bo‘yicha taklif bilan chiqmoqchi ekani haqida ma’lumotlar paydo bo‘lgandi, keyin esa poytaxt klubi tarkibdagi futbolchilarga ishonch bildirishga qaror qildi.

Biroq, "Real" shvetsiyalik hujumchining harakatlarini kuzatishda davom etmoqda, deb xabar beradi “Mundo Deportivo”. Agar boshqa klublar tomonidan unga qiziqish bo‘lsa, "qaymoqranglilar" futbolchi uchun kurashga kirishishga tayyor.

Isakning narxi 90 million evroga baholanmoqda.

O‘tgan mavsumda futbolchi Ispaniya chempionati doirasidagi 32 ta o‘yinda maydonga tushib, o‘z hisobiga 6 ta gol va 2 ta golli uzatmani yozdirib qo‘ygan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!