“Real” bu ish bo‘yicha eng zo‘ri!

  • 14 may, 2023, 11:32
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Statistika ekspertlarining ma’lum qilishicha, “Real” jarima maydonchasi tashqarisidan gol urish bo‘yicha kuchli beshlik chempionatlari orasida eng yaxshi ko‘rsatkichni qayd etmoqda.

Tecno

Ispaniya chempionatining navbatdagi turida Karlo Anchelotti shogirdlari “Xetafe”ni minimal hisobida mag‘lub etdi. Uchrashuvdagi yagona golni Marko Asensio uzoq masofadan aniq zarba bilan kiritdi.

Opta ekspertlari hisob-kitobiga ko‘ra, “Real” futbolchilari joriy mavsumda jarima maydonchasi tashqarisidan 16 ta gol urgan.

Bu borada ikkinchi o‘rinda “Bavariya” bormoqda. Myunxenliklar sharafini himoya qilayotgan futbolchilar 15 marotaba uzoq masofadan darvozani ishg‘ol qilgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!